SHIRU SHAKAR

SHIRU SHAKAR

SHIRU SHAKAR, sanʼati mulammaʼ — maʼlum tartib bilan 2 tilda yozilgan sheʼr; shunday sheʼr yozish usuli. Oʻzbek sheʼriyatidagi Shiru shakarda sheʼrning 1-misrasi oʻzbekcha, 2-misrasi forscha yoki arabcha, fors sheʼriyatida esa aksincha, 1-misra forscha, 2-misra oʻzbekcha (turkiy) yoki arabcha boʻlishi mumkin. Oʻn baytgacha arabcha, keyin forscha aytilgan sheʼrlar ham bor. Taxm. 15-asrdan bunday uslub «Shiru shakar» deb yuritiladi. Yusuf Amiriy «Bang va Chogʻir munozarasi» asarida Chogʻir va Bangni sut bilan shakarga oʻxshatib, «Shiru shakartek bir-biri birlan qarin», deydi. Uch tilda yozilgan sheʼr shahdi shiru shakar deb atalgan.

Ensiklopediya.uz
SHIRU SHAKAR