SHIRMOY haqida to’liq ma’lumot oling
SHIRMOY, shirmol (fors. toj. — sutli non) — non turi. Dastlab maxsus usulda tayyorlangan noʻxat va arpabodiyon qaynatmasiga maʼlum miqdorda un solib xamirpaygir qoriladi. Paygir 5—6 soatdan soʻng yetiladi. Uni xamirturush sifatida ishlatib, bugʻdoy unidan sutga qorib xamir tayyorlanadi. Xamir mushtlab yetiltirilgach, 200 g li zuvalalar uzib olinadi. Har bir zuvaladan chetlari 3 sm, oʻrtasi 1 sm qalinlikda non yasaladi. Shirmoy non oʻrtasiga chakich uriladi, chetlari esa pichoq yoki maxsus chakich bilan kungira qilinadi. Tandirda yopib pishiriladi.
Malumotlar
SHIRMOY