Shirin uyqu to’liq malumot oling
Bir odamning uchta o‘g‘li bor ekan. U vafoti oldidan o‘g‘illariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», -deb vasiyat qilibdi.
Bu gapni katta o‘g‘illari bir xil tushunibdi. Kichik o‘g‘li esa boshqacha tushunibdi. Katta o‘g‘illar yerlarga suv sepib, karavotga ko‘rpani qalin to‘shab, har xil shirin taomlarni ustma-ust yeb yotaverishibdi. Oxiri yeyishga ovqatlari qolmabdi. Kichkina o‘g‘il esa ko‘p mehnat qilib, temirchilik hunarini o’rganibdi. Ishlab-ishlab, horib charchab kelgach, yegan qattiq noni-yu, ichgan suvi shirin tatiyveribdi. Uxlasa uyqusi ham shirin bo‘lib, kun sayin tetiklashib, borgan sari davlati ziyoda bo‘lib ketaveribdi.
Ertaklar, O‘zbek xalq ertaklari
Ertaklar
Shirin uyqu