Shirin qalampir (Bulgʼor qalampiri) yetishtirish
Shirin qalampir (Bulgʼor qalampiri) yetishtirish
DO`STLARGA ULASHING:
Аhamiyati.
Shirin qalampirning mevasi yangi uzilgan holida salat tayyorlashda, oshpazlikda, konservalashda ishlatiladi. Qalampirning mevasi ovqat va konserva tayyorlashda ziravor sifatida ishlatiladi. Tarkibiga qalampir qoʼshilgan dorilardan revmatizm, radikulit, bezgak va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
Yer tayyorlash.
Yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan boʼshagan maydon oʼsimliklar qoldiqlaridan tozalanadi, 1 sotix yerga 200 kg chirigan goʼng sochib chiqiladi. Berilishi lozim boʼlgan mineral oʼgʼitlar miqdorini bir qismi qoʼlda sochilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi, xaskash yordamida yirik kesaklar maydalanib bir yoʼla yer tekislab olinadi, keyin 70 sm yoki 90 sm qator oraligʼida ekish egatlari tortib chiqiladi.
Ekish muddati va sxemasi.
Shirin qalampir koʼchatlari janubiy viloyatlarda martning III oʼn kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda prelьning II–III oʼn kunligida va shimoliy mintaqalarda aprelьning III va mayning I oʼn kunligida 70×30 sm yoki 70×40 sm sxemada ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 445–475 ta koʼchat sarflanadi.Parvarishlash.
Oʼsimliklarga birinchi ishlov berish koʼchatlar tutib olgach, yaʼni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egatlar ichi, pushta va qatordagi koʼchatlar orasi yengil chopiq qilinib shatiladi. Yengil chopiqdan soʼng 12–15 kun oʼtgach, sugʼoriladi va oziqlantiriladi. Shirin qalampirni oʼsuv davrida 3-4 marta qoʼlda chopiq qilinadi. Shirin qalampir suvga talabchan oʼsimlik boʼlib sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda oʼsuv davri mobaynida sugʼorishda har gal 1 sotixga 5–6 m 3 hisobidan 18–20, sizot suvi yuza oʼtloq va oʼtloq-botqoq tuproqli yerlarda 12–15 marta sugʼoriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha har 8–12 kunda, hosil yoppasiga pishganda esa 5–7 kunda sugʼoriladi. Kuz boshlangandan keyin ekin kamroq sugʼoriladi. Shirin qalampir haddan ziyod zaxlatib yuborilsa, soʼlish kasalligiga chalinadi.Oʼgʼitlash.
Shirin qalampir yetishtirishda sof holda 1 sotix maydonga
7,6 kg sulьfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor oʼgʼitlari beriladi. 1 kg ammofos va 0,75 kg kaliy xlor oʼgʼiti yerni shudgorlashdan avval 200 kg chirigan goʼng bilan birga solinadi. Shirin qalampirni xam qoʼshimcha oʼstiruvchi moddalar yaʼni Oksigumat, Nitrolin va Roslin preparatlari bilan bargidan oziqlantirish yaxshi samara beradi.Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Аsosiy zararkunandalardan – shira, kanalar, oqqanot, tripsga qarshi 10 sotix ekin maydoniga Konfidor 20% em.k. (25–30 ml), (0,25–0,3 l), Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g) preparatlaridan birortasi ishlatiladi. Kasalliklardan mevalarni uchidan chirishi, bakterial qora dogʼ, soʼlish, mozaika, stolbur kuzatiladi. Un udringga qarshi Prokure 77,2% s.e.k (100– 200 g), Kurzat R n.kuk. (200–250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qoʼllash mumkin. 60–70 litr suvga tayyorlangan aralashma ishlatiladi.
Hosilni yigʼishtirish.
Shirin qalampir juda oʼziga xos oʼsimlik boʼlib, mevasini koʼkligida ham, qizarganida ham isteʼmol qilish mumkin. Shirin qalampir koʼkligida yigʼib olinsa, hosil miqdori nisbatan koʼproq
boʼladi. Koʼkligida yigʼib olinmasa 20–30 kun ichida qizil tusga kiradi va mevasida А va S vitaminlari ancha oshadi. Hosil yigʼishda mevalari bandini extiyotlik bilan kesib olishga harakat qilish lozim, aks holda ekin novdalari sinib ketishi mumkin. Xosil oʼsuv davri davomida qoʼlda 10-12 marta terib olinadi.Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 4760 dona koʼchat uchun 714 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1775500 soʼmni tashkil etadi.
Xosil narxi eng past narxda bir kilogrami 1500 soʼmdan sotilganda 4 mln. 500 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 724 ming soʼm sof foyda olish mumkin.
Shirin qalampir (Bulgʼor qalampiri) yetishtirish