SHIMOLIY TINCH OKEAN OQIMI haqida to’liq ma’lumot oling
SHIMOLIY TINCH OKEAN OQIMI — Tinch okeanning iliq yuza oqimi, taxm. 35° va 42° shahrik. lar oraligʻida, Kurosio oqimining davomi. 150° shq. u. dan sharqqa Shim. Amerika qirgʻoqlariga tomon harakatlanadi. Suvining t-rasi qishda 7—16°, yozda 18— 23°. Tezligi 0,9—1,1 km/soat. Suv sarfi 15—35 mln. m3/sek. Tropik va moʻtadil mintaqa suvlari chegarasida joylashgan. Tinch okeanning sharqiy qismida shim. ga yoʻnalgan Alyaska va jan. ga yoʻnalgan Kaliforniya oqimlariga ajraladi.
Malumotlar
SHIMOLIY TINCH OKEAN OQIMI