SHIMOLIY SIBIR PASTTEKISLIGI
SHIMOLIY SIBIR PASTTEKISLIGI, Taymir pasttekisligi — Yenisey va Olenyok daryolarining quyilish yeri oraligʻidagi pasttekislik. Krasnoyarsk oʻlkasi va Saxa (Yakutiya) Respublikasi hududida, gʻarbda Gʻarbiy Sibir bilan, shim. sharqda Laptevlar dengiziga tutash., Gʻarbdan sharqqa 1550 km dan ziyod, shim. dan jan. ga 480—500 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi toʻlqinsimon tuzilishga ega.
Ensiklopediya.uz
SHIMOLIY SIBIR PASTTEKISLIGI