SHIMOLIY PASSAT OQIMLARI
SHIMOLIY PASSAT OQIMLARI — Atlantika va Tinch okeanlardagi gʻarbga yoʻnalgan yuza oqimlar. Barqaror shim. sharqiy passat shamollari taʼsirida 10—30° shahrik. lar oraligʻida yuzaga keladi. Tezligi 0,4— 1,8 km/soat. Suvining t-rasi 24—29°. Oʻrtacha suv sarfi 50—80 mln. m3/sek. Shimoliy passat oqimlari Shim. yarim sharda subtropik suv aylanishining jan. sektorlarini yuzaga keltiradi. Kanar hamda Kaliforniya oqimlarining davomi, muvofiq ravishda Golfstrim va Kurosio oqimlarining boshlanishi hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
SHIMOLIY PASSAT OQIMLARI