SHILVI haqida to’liq ma’lumot oling
SHILVI, uchqat — shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi maʼlum. Oʻzbekistonda Shilvining xushboʻy Shilvi, tangabarg Shilvi, tatar Shilvisi, maydagul Shilvi, Korolkov Shilvisi, nozik Shilvi, maydabarg Sh., olga Sh. si, altman Sh. si va boshqalar turlari uchraydi. Boʻyi 1,5 m dan 4,5 m gacha, barglari keng tuxumsimon, baʼzilariniki uzun tuxumsimon, gullari ikki jinsli, oq, sargʻish, qizil, pushti, apr. —may oylarida gullab, avg. —sent. da urugʻlaydi. Mevasi sersuv, rezavor. Xushboʻy Sh., tatar Sh. si, maydagul Sh. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shilvining boshqa koʻplab turlari togʻ daralari, daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlarida butazorlar hosil qilib, daraxtzorlar orasida, adirlarda oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. Dasht zonalarida ekinzorlarni himoya qilish, koʻkalamzorlar, yashil devorlar hosil qilishda foydalaniladi. Yogʻochi qattiq va mustahkam boʻlganligi tufayli duradgorlik va mebelsozlikda ishlatiladi.
Malumotlar
SHILVI