SHILDIRBOSH haqida to’liq ma’lumot oling

SHILDIRBOSH haqida to’liq ma’lumot oling

SHILDIRBOSH, boʻyan — dukkakdoshlar oilasi boʻyandoshlarʻ turkumiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Oʻrta Osiyoda daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlari, adirlar, vodiylarda, toʻqaylarda oʻsadi. Ekinzorlarda begona oʻt sifatida uchraydi. Ildizi tarqoq, poyasi tik, 45—80 sm, barglari toq patsimon, 4 — 8 sm, 5—9 juft ellipssimon yoki choʻziqtuxumsimon bargchalari bor.

Guli qizgʻish rang. Mevasi dukkak. May oylarida gullab, iyun—avg. da urugʻlaydi. Tarkibida 0,12—0,4% alkaloid (asosan, tibbiyotda qoʻllaniladigan sferofizin) lar bor.

Malumotlar
SHILDIRBOSH