SHIKASTA

SHIKASTA

SHIKASTA (fors. — siniq) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Taʼlik va nastaʼliq xatlarini qoʻshilishi asosida 17-asrda Mirzo Fasihiy Hiraviy yaratgan. Shikasta xatiga oʻxshash yozuvlar Alisher Navoiy davrida koʻchirilgan kitoblarda ham uchraydi. Ayrim xattotlar taʼliq xatiga, ayrim xattotlar esa nastaʼliq xatiga yaqinlashtirib yozganlar. Bunday yozuvlar Shikasta taʼliq yoki Shikasta nastaʼliq deb atalgan. Shikastaning yaratilishi tez yozish (qalamni uzmay yozish) imkonini bergan.

Ensiklopediya.uz
SHIKASTA