Shifokorlar bilimini takomillashtirish uslublarini izlash yo`lida
2023 yilda 400 nafardan ko`proq shifokorlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIO va BSIATM) bazasida diplomdan so`ngi ta`lim kursini o`tab chiqdi. Buning uchun tashkil etilgan 21 ta o`quv kursidan 8 tasi O`zbekiston hududlarida o`tkazildi.
Tibbiyot xodimlarining uzluksiz bilimlarini oshirish tizimi mamlakatimizdagi sog`liqni saqlashning sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri sanaladi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan sohaga qaratilgan alohida e`tiborini inobatga olib, 2021 yildan boshlab mazkur Respublika tibbiyot markazida Kadrlar tayyorlash va shifokorlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirish bo`limi tashkil etildi.
Joriy yilning o`zida bu erda shifokorlar malakasini oshirish mavzusiga bag`ishlangan 4 ta kursning o`quv dasturlari ishlab chiqilgandi. Ular orasida «Ilmiy isbotlarga asoslangan antenatal davolash», «Tezkor akusherlik yordami» va boshqalar ham bor. Dasturning umumiy soni 11tani tashkil etadi.
Umuman olganda bo`lim oldida klinik ordinatorlarni tayyorlash, shifokorlarning diplomdan so`ngi malakasi ni oshirish, milliy klinik protokollarni ishlab chiqishda ishtirok etish vazifasi qo`yilgan.
Shuningdek, bo`lim o`quv simulyasion-trening markazi kabi bo`limni ham o`z ichiga oladi. Mazkur yo`nalishning shifokorlar ko`nikmalarini oshirish yo`lidagi unumdorligini inobatga olib, bu yilning o`zida 6 ta simulyator va trenajerlar xarid qilingan. Ular orasida «Interfaol Pirogov stoli», tug`ishga yordam simulyatori, klinik ordinator va boshqa dasturlar bo`yicha testlar topshirish elektron tizimi mavjud.
Kunduzgi ta`lim bilan birgalikda ko`p sonli tibbiyot xodimlarini qamrab olish imkonini beruvchi ta`limning distansion shaklidanham samarali foydalanib kelinyapti. Joriy yilda videokonferensaloqa (VKA) shaklida 1 397 ishtirokchini qamrab olgan 16 ta kurs o`tkazildi. Ishtirokchilarning aksariyati, ya`ni 1 162 nafari mamlakatimiz hududlaridan edi.
Kadrlar tayyorlash bo`limi ishtirokidagi RIO va BSIATMning xalqaro hamkorligi o`tayotgan yilda uchta ilmiy-amaliy tibbiy forumlardagi ishtirokini, shuningdek, JST va YuNFPA bilan hamkorlikdagi ishlarni o`z ichiga oldi. Forumlardan biri Sankt-Peterburgda, ikkitasi Qozog`istonda o`tgan. Xususan, JST ekspertlari akusherlik va ginekologiya sohasida klinik protokollarni ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuningdek, YuNFPA ko`magida xorijiy klinik ordinatorlar va magistrlar ishtirokidagi 2-Yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi. Mamlakatning barcha hududlaridan 37 nafar trenerlarni «Ilmiy isbotlarga asoslangan antenatal davolash» yo`nalishida tayyorlash YuNFPA bilan hamkorlikning muhim natijasi bo`lib qoldi. Bular birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari, xususan, poliklinkalar mutaxassislari. Ular endi o`z hamkasblari uchun bazaviy trenerlar hisoblanadi. Ular yordamida homilador ayollarni poliklinika xizmati darajasida davolash yangi bosqichma-bosqich yangi darajaga ko`tariladi.
Mutaxassislarning kasbiy hayotidagi kasbiy o`quvning muhimligini inobatga olib, «Kattalarni o`qitishda zamonaviy yondashuv va uslublar» kursi tashkil etilgan. Bo`lim xodimlari, hamda shifokorlar malakasini oshirish kurslari trenerlari orasidan 20 nafar mutaxassis katta yoshdagi odamlarga ta`lim berishning samarasini oshiradigan dolzarb ko`nikmalarga o`qitilgan.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Shifokorlar bilimini takomillashtirish uslublarini izlash yo`lida