Shifobaxsh sharbat to’liq malumot oling
Gazetamizning o‘tgan sonida uzumning shifobaxsh xususiyatlari haqida ma’lumot bergan edik.
Ushbu mevani yil davomida bozor rastalaridan topish mumkin bo‘lsa-da, lekin har doim ham uni xarid qilishga imkoniyatimiz bo‘lmaydi. Shu sabab sizlarga uzumdan qish mavsumi uchun konservalangan sharbat tayyorlash bo‘yicha tavsiya beramiz.
Buning uchun bizga me’yorida pishgan uzum mevasi kerak bo‘ladi. Sharbatni uzumning mevalarini shoxchalaridan ajratgan holda yoki ajratmasdan turib ham tayyorlash mumkin.
Avvalo, uzum yaxshilab toza suvda yuviladi. So‘ng konserva uchun kerak bo‘ladigan banka, qopqoq sterillanadi. Keyin esa bankaga uzum solinadi. So‘ngra bir marotaba qaynagan suvda chayib olinib, uning ustiga tayyor sharbat quyiladi. Jarayon oxirida maxsus yopgich bilan bankalar qopqog‘i yaxshilab berkitiladi.
Ushbu shifobaxsh konservalangan sharbat qish faslida oila a’zolaringizga manzur bo‘lishi, shubhasiz.
Mayna HASANOVA
soglom.uz/tavsiya/shifobaxsh-sharbat/
Pazanda
Shifobaxsh sharbat