ShERRINGTON Charlz Skot
ShERRINGTON Charlz Skot (1857.27.111952.4.3) ingliz neyrofiziologi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1893-yildan), Peterburg FA muxbir aʼzosy (1915-yildan). Kembrij untini tugatgan. Neyrofiziologiya (asosan, reflektor faoliyat) sohasidagi fundamental kashfiyot muallifi. Liverpul va Oksford untida prof. (18951913; 19131935). Sherrington nerv sistemasining integrativ faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqqan; retseptiv maydon taʼlimoti asoschisi. Ilmiy faoliyati markaziy nerv sistemasi, asosan, orqa miya fiziologiyasi va reflekslarini oʻrganishga oid. Sherrington asarlari klinik va eksperimental nevrologiya rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Nobel mukofoti laureati (1932; E. D. Edrian bilan hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
ShERRINGTON Charlz Skot