ShERMATOV

ShERMATOV

ShERMATOV Aʼzam (1925.1.3, Koson tumani — 1993.25.2, Toshkent) — tilshunosshevashunos olim. Oʻzbekistondaxizmat koʻrsatgan fan arbobi (1986), filol. fanlari d-ri (1978), prof. (1982). Buxoro ped. instituti oʻzbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1951). Qarshi oʻqituvchilar intida oʻqituvchi (1951 — 53), direktor oʻrinbosari (1953—57). Toshkent ped. intida oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi va dotsent (1960—62), tarixfilol. fti dekani (1962—67), rus guruhlarida oʻzbek tili kafedrasi mudiri (1967—73), oʻzbek va qozoq filologiyasi fti dekani (1976—80), umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri (1973-yildan). Oʻzbek dialektologiyasi va umumiy tilshunoslik boʻyicha oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun bir qancha oʻquv qoʻldanmalari va dasturlari yaratgan. Asosiy ilmiy ishlari Qashqadaryo viloyati oʻzbek shevalari tadqiqiga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
ShERMATOV