Sherali Jo’rayev — Yodingdami yoshligimiz haqida to’liq ma’lumot oling

Sherali Jo’rayev — Yodingdami yoshligimiz haqida to’liq ma’lumot oling

Yodingdami yoshligimiz,
Beqaror, beboshligimiz? (x2)
To’ymay bu keng olamga,
Baxtiyor, shodligimiz. (x2)

Qo’l teksa, titrab qo’ling,
Balog’at to’sgach yo’ling, (x2)
Aylanmay so’zga tiling,
Qayrilma qoshligimiz. (x2)

Ilk bora yorni quchib,
Lablardan labbol ichib, (x2)
Bu olamdan voz kechib,
Bo’salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o’tar,
Yosh ketib, pirlik yetar,
Lek ba’zan qo’msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Lek ba’zan qo’msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,
Yoz kelsa – kuzdan nishon, (x2)
O’g’il-qizda qaytar, ishon,
Baxtiyor yoshligimiz. (x2)

Yodingdami yoshligimiz,
Beqaror, beboshligimiz? (x2)
To’ymay bu keng olamga,
Baxtiyor, shodligimiz. (x2)

Yoshligimiz… Beboshligimiz…

Malumotlar
Sherali Jo’rayev — Yodingdami yoshligimiz