Sher bilan buqa
Sher bahaybat bir Buqani yeyishga chog‘lanib, uni shirin so‘zlar bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘ldi. U qurbonlikka qo‘y so‘yganligini aytib, Buqani ziyofatga taklif qildi. Sher bilan buqa
DO`STLARGA ULASHING:
Niyati — mehmonni dasturxon yoniga cho‘k tushgan paytida yeyish edi. Mana, Buqa keldi; qarasa, doshqozonlarda suv qaynayotganmish, bir qancha uzun-uzun sixlar ham kabob qilishga shaymish-u, ammo qo‘ydan darak yo‘qmish. Buqa bu holni ko‘rdi-yu, churq etmay, orqasiga qaytib keta boshladi. Sher undan o‘pkalanib: «Nima, biron gap bilan dilingni og‘ritdimmi, nega indamasdan orqangga qaytib ketyapsan?» — dedi. Buqa javob berdi: «Bunday qilishimga sabab bor: qarasam, bu yerda qurbonlikka qo‘y emas, buqa atalgan ko‘rinadi».
Masaldan hissa shuki, yovuz kishilar qancha urinishmasin, o‘z nayranglarini dono odamlar nazaridan yashira olmaydilar.
Sher bilan buqa