ShEKSPIR

ShEKSPIR

ShEKSPIR Uilyam (1564.23.4 — Stratfordon-Eyvon — 1616.23.4) — ingliz dramaturgi va shoiri. Taxm. 1585-yilda ona shahrini tark etyb, birmuncha fursatdan soʻng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Shekspirning 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati toʻgʻrisida biror maʼlumot yoʻq. Ammo u oʻzining «Lordkamerger xizmatkorlari» truppasi uchun (mazkur truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pyesalar yozishda davom etgan. Taxm. 1612-yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxm. 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida 2darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan.

Ensiklopediya.uz
ShEKSPIR