SHChEGLOV Vladimir Petrovich

SHChEGLOV Vladimir Petrovich

SHChEGLOV Vladimir Petrovich (1904.15.6, Oryol viloyati Zarechye qishlogʻi — 1985.23.1, Toshkent) — astronom olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi matika fanlari d-ri. Toshkent astronomiya rasadxonasida ilmiy xodim (1933—41), direktor (194183). Asosiy ilmiy ishlari noyob astronomik asboblar yordamida yudduzlarni kuzatib, aniq vaqtni belgilash va ular orqali joylardagi geografik uzunliklarning oʻzgarib borishini tekshirishga bagʻishlangan. Shcheglov Ulugʻbek rasadxonasining geografik koordinatalarini va asosiy asbobi oʻqining azimutini aniqlagan. Ya. Geveliyning mashhur «Yulduzlar osmoni atlasi»ni qayta nashr ettirib, unga Ulugʻbek zamonasidagi astronomiyaga oid maqola yozgan. Xalqaro astronomiya ittifoqi aʼzosi. Kichik sayyoralardan biriga uning nomi berilgan.

Ensiklopediya.uz
SHChEGLOV Vladimir Petrovich