SHChEDRIN Rodion Konstantinovich

SHChEDRIN Rodion Konstantinovich

SHChEDRIN Rodion Konstantinovich (1932.16.12, Moskva) — rus kompozitori, pianinochi, musiqa jamoat arbobi. Xalq artisti (1981). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1955). Rossiya Kompozitorlar uyushmasi raisi (1973—90). Ijodida rus musiqa folklori («Faqat sevgi emas» operasi, 1961; «Bukri toychoq» baleti, 1960; «Jarang» orkestr uchun konserti, 1968 va boshqalar), rus cherkov aytimlari («Tasvirlangan farishta» liturgiyasi, 1991) va boshqalar ga keng murojaat qilib, ularni zamonaviy kompozitsiya texnikasi (aleatorika, sonorizm va boshqalar) bilan uygʻunlashtirgan. «Lolita» (1993) operasi, «Karmensyuita» (J. Bizening operasi asosida, 1967), «Anna Karenina» (1972), «Chayka» (1980), «Laycha yetaklagan xonim» (1985) baletlari (hammasi M. GGʻliseskaya uchun yaratilgan), 5 fortepiano (1954—99), 4 orkestr (1960—89), skripka, alt, violonchel, truba uchun konsertlari (1994—97), kamer va xor asarlari, kinofilmlar («Balandlik», «NormandiyaNeman» va boshqalar) uchun yozgan musiqalari mashhur. Yirik asarlariga ulugʻvorlik va teran fojiaviylik, shoironalik va joʻshqinlik, shoʻx yumor va oʻtkir hajviya xos. Davlat (1972), Rossiya Davlat mukofot (1992)lari laureati. Oʻzbekistonda «Karmensyuita» va «Anna Karenina» baletlari Navoiy teatritsa sahnalashtirilgan, konsert va kamer asarlari muntazam ijro etilmoqda.

Ensiklopediya.uz
SHChEDRIN Rodion Konstantinovich