SHAYX XUDOYDOD
SHAYX XUDOYDOD, Xalifa Xu doydod ibn Toshmuhammad Azizon alBuxoriy (18-a. ning 1-choragi, Xorazm — 1801-y. iyun, Buxoro) — mashhur shayx, yassaviylik tariqatining yirik namoyandasi. U 16—17 yoshlarida ilm olish uchun Buxoroga kelgan va shu yerda yashab qolgan. Mir Arab madrasalarini tugatib, unda dare bergan. Koʻli Odina qishlogʻiga kelgan va bu yerda xonaqoh va masjid qurdirgan hamda yassaviylik tariqatining murshidi sifatida faoliyat olib borgan. Tarixchi Nosiruddin alHanafiynit yozishicha, 1785—86 y. larda Buxoro sh. ga qaytib, bu yerda ham xonaqoh, Madrasa, sardoba (q. Xalfa Xudoydod majmuasi) qurdirib, ularga vaqf ajratadi.
Ensiklopediya.uz
SHAYX XUDOYDOD