SHAYX UL-ISLOM
SHAYX UL-ISLOM — baʼzi mamlakatlarda oliy diniy unvon. 10-a. dan biror faqih yoxud sufiyga nisbatan ishlatilgan. 13-a. dan keyin muntazam qoʻllangan. Buxoro xonligi, Turkiya (16-a. dan 1924-y. gacha) va b. davlatlarda Shayx ul-islom uli. — oliy liniy lavozim. Bunday lavozim va unvon musulmon mamlakatlarining baʼzilarida uchraydi. Shialikka mansub diniy boshqarma rahbari ham Shayx ul-islom uli. unvoni bilan yuritiladi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari muftiy unvoniga ega.
Ensiklopediya.uz
SHAYX UL-ISLOM