SHAXSIY- NOMULKIY HUQUQLAR

SHAXSIY- NOMULKIY HUQUQLAR

SHAXSIY – NOMULKIY HUQUQLAR — shaxsdan ajratib, begonalashtirib boʻlmaydigan, mulkiy xarakterda boʻlmagan huquqlar. Odatda, Shaxsiy- nomulkiy huquqlarni fuqarolik huquqining boshqa obyektlari singari tovarlarning umumiy ekvivalenti hisoblangan pulga (muayyan summadagi pulga) almashtirib, tenglashtirib boʻlmaydi. Shaxsiy- nomulkiy huquqlarga shaxsning hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadrqimmati, shaxsiy daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga, tasvirga boʻlgan huquqi, mualliflik huquqi kabilar kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining FKga koʻra, Shaxsiy- nomulkiy huquqlar yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tortib olinmaydi va oʻzga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boʻlgan Shaxsiy- nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin (98-modda).

Ensiklopediya.uz
SHAXSIY- NOMULKIY HUQUQLAR