SHAVKAT BUXORIY haqida to’liq ma’lumot oling
SHAVKAT BUXORIY (taxallusi; ismi Muhammad Isʼhoq) (17-a. ning 20y. lari, Buxoro — 1695/1699, Isfahon) — forstojik shoiri. Buxoroda tahsil olgan. Sarroflik bilan shugʻullangan. Hirotga kelib, shahar hokimi Safoqulixon Shomlu va uning vaziri Mirzo Saʼduddin xizmatida boʻlgan. Dastlab Nozik taxallusi b-n sheʼrlar yozgan. Shavkat Buxoriy oʻz davrining yetuk shoiri, hind uslubining namoyandalaridan boʻlgan, nafaqat zamondosh, balki oʻzidan keyingi shoirlarga ham taʼsir koʻrsatgan. Maleho Samarqandiyning «Muzakkir ulasʼhob», Mirzo Muhammad Tohir Nasrobodiyning «Tazkirai Nasrobodiy», Gʻulomalixon Ozod Bilgiromiyning «Xizonai Omira», Shamsiddin Somiyning «Qomus ulaʼlom» tazkiralarida shoir haqida maʼlumot berilib, sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Isfahonda u bilan 7 oy davomida muloqotda boʻlgan Maleho oʻz tazkirasidan oʻrin olgan 202 shoir ichidan faqat Shavkat Buxoriyga batafsil va yuksak baho bergan. U anʼanaviy uslubni yangilagan, ohorli va goʻzal fikru tashbexlarni oʻziga xos usudda badiiy yuksak ifodalagan. Anʼanaviy ishq mavzui bilan birga, shoir ijodida tarjimai hol ruhidagi, vatandan va doʻstlardan judolik, dunyo, zamon va odamlardan shikoyat ohangidagi sheʼrlar yetakchilik qiladi. Hayotsevarlik, pandu nasihat va b. ham shoir ijodining asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi.
Merosining asosiy qismini qasida, gʻazal, qitʼa va ruboiylar tashkil etadi. 6221 baytdan iborat sheʼriy merosi toʻplanib, 1987-y. da Dushanbada nashr qilingan. Devonining nusxalari Toshkent, Dushanba, Moskva, SanktPeterburgdagi qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.
As: Buxoriylar boʻstoni, T., 1997. Ad..Toʻxsanov Q., Shavkat Buxoriysheriyatining uslubi va badiyati, Samarkand, 1998.
Malumotlar
SHAVKAT BUXORIY