SHARTLI REFLEKSLAR
SHARTLI REFLEKSLAR — odam va hayvonlarning shaxsiy xayoti davomida orttirgan moslashuv reaksiyalari sistemasi; shartli (signal) qoʻzgʻatuvchi bilan shartsiz reflektor qoʻzgʻatuvchi oʻrtasida vujudga keladigan muvaqqat bogʻlanish tufayli paydo boʻladi. Shartli reflekslar markaziy nerv sistemasiga ega barcha hayvonlarda bor. «Shartli reflekslar» terminini I. P. Pavlov taklif etgan (1903). Shartli reflekslar hosil qilinadigan reaksiyaga befarq boʻlgan qoʻzgʻatuvchi (signal), yaʼni shartli taʼsirlovchining organizmga . uzluksiz taʼsiri bilan bogʻliq. Mac, chiroq yoqilganida ovqatlanishga nisbatan Shartli reflekslar hosil boʻlishi uchun itga chiroq yoqilgandan soʻng ovqat berib turish kerak. Tashqi yoki ichki muhitning har qanday oʻzgarishi shartli taʼsirlovchi boʻlishi mumkin. Ilgari befarq boʻlgan, lekin vaqt jihatdan biror shartsiz refleksning namoyon boʻlishi bilan moye keladigan har qanday taʼsirlovchi shartli signal boʻlishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
SHARTLI REFLEKSLAR