SHARQIY YEVROPA TEKISLIGI

SHARQIY YEVROPA TEKISLIGI

SHARQIY YEVROPA TEKISLIGI — Yer sharidagi eng katta tekisliklardan biri, asosan, Yevropaning sharqiy qismida joylashgan. Shim. da Oq va Barens dengizlari, jan. da Qora, Azov va Kaspiy dengizlari, shim. gʻarbda Skandinaviya togʻlari, gʻarb va jan. gʻarbda Markaziy Yevropadagi togʻlar va Karpat togʻlari, jan., janubisharqda Qrim va Kavkaz togʻlari, sharqda Ural va Mugʻojar togʻlari bilan chegaradosh. Tekislikning oʻrtacha bal. 170 m. Shim. Muz, Atlantika okeanlari va Ichki berk havza suvayirgʻichidir. Eng past qismi janubida — Kaspiy dengizi sohilida. Tekislikda bir qancha deyarli meridian boʻylab choʻzilgan qirlar (Manselkya, Suomenselkya, Gʻarbiy Kareliya, Valday, Belorus, SmolenskMoskva, VolinPodoliya, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, Yuqori Zavoljye, Timan kryaji va boshqalar) va pasttekisliklar (Dnepr boʻyi, OkaDon, Quyi Zavoljye, Azov boʻyi, Qora dengiz boʻyi, Kaspiy boʻyi va boshqalar) joylashgan. Qirlar dengiz sathidan 300 — 350 m baland (Podoliya qirlarining eng baland joyi 471 m). Suvayirgʻichlar vodiylardan oʻrta hisobda 20—60 m baland. Tekislikning shim. va markaziy (toʻrtlamchi davrda qadimiy muzliklar bosgan) qismlarida yassi suvayirgʻichlar va muzliklar ishi natijasida hosil boʻlgan morena tepaliklari, jan. qismida esa jarlar tarqalgan. Sharqiy Yevropa Tekisligi hududida RFning Yevropa (gʻarbiy), Ukrainaning shim., sharqiy, jan., Belorussiya, Polshaning shim. gʻarbiy, Finlyandiya, Shvetsiyaning katta qismi, Norvegiyaning chekka jan. sharqiy qismlari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
SHARQIY YEVROPA TEKISLIGI