SHARNIRLI MEXANIZM

SHARNIRLI MEXANIZM

SHARNIRLI MEXANIZM — zvenolari fakat aylanma kinematik juft (sharnir) hosil qiladigan mexanizm. Zvenolarining harakatiga koʻra, tekis, sferik va fazoviy xillarga boʻlinadi. Tekis Sharnirli mexanizmda sharnir oʻklari parallel joylashgan boʻlib, zvenolari tekis parallel harakat qiladi. Sferik Sharnirli mexanizmda sharnir oʻqlari bitta nuqtada kesishadi. Tekis va sferik Sharnirli mexanizmda kamida 4 ta zveno boʻladi. Fazoviy Sharnirli mexanizmda aylanuvchi juftlarning oʻklari turli burchak ostida kesishadi. Umumiy holda fazoviy Sharnirli mexanizmda kamida 7 ta zveno boʻlishi kerak. Biroq zvenolarining chiziklari va burchak oʻlchamlari orasidagi maʼlum munosabatlarni bajarishda zvenolar soni 4 tagacha kamayadi.

Ensiklopediya.uz
SHARNIRLI MEXANIZM