SHARAQSOY KORUND KONI
SHARAQSOY KORUND KONI — Jizzax viloyatidagi kon. Jizzax sh. dan 50 km jan. da, Molguzar togʻlarining shim. yon bagʻrida joylashgan. 1942-y. da ochilgan. Korund hosilalari quyi — oʻrta karbon ohaktoshlari yotqiziqlarining karstlangan notekis yuzasida tarqoq joylashgan. Umumiy uz. 20 km. Konda korundning kalsitli, temirli, margaritli, oxaktoshli turlari mavjud boʻlib, ular massivli, yoʻlyoʻl va xolxol koʻrinishdagi rudalar holida qatlamsimon va uyachasimon shakllardagi tanalarda uchraydi. Tanalarning qalinligi 0,38 m dan 1,8 m gacha, uz. 200—400 m gacha oʻzgaradi. Rudaning tarkibi: korund 3—70%, gematit 0,5—35%, Margarit 10—15% dan 20— 50% gacha. Korund donalarining oʻlchami 0,2 dan 2—3 mm gacha. Sharaqsoy korund konining zaxiralari (toifalar boʻyicha) V — 34 ming t, S, — 35,4 ming t, S2 — 28,1 ming t. Texnologii sinovlar natijasida Sharaqsoy korund koni rudasi abraziv xususiyatga ega va abraziv sanoatida ishlatishga yarokli deb topilgan.
Ensiklopediya.uz
SHARAQSOY KORUND KONI