SHARAFUDDIN ALI YAZDIY
SHARAFUDDIN ALI YAZDIY (? 1454, Yazd sh. yaqinidagi Taft qishlogʻi) — temuriylar davri mashhur tarixnavisi. 1414—35 y. lar mobaynida Shohruxning oʻgʻli, Fors oʻlkasi hokimi Ibrohim Mirzo xizmatida boʻladi va uning topshirigʻi asosida mashhur «Zafarnoma» asarini yozadi. Ibrohim Mirzo vafotidan soʻng Sh. A. Ya. Sultoniya, Ray va Qum viloyatlari hokimi boʻlgan Shohruxning nabirasi Sultan Muhammad xizmatiga oʻtadi. 1445—46 y. Muhammad Sultonning markaziy xukumatga qilgan isyoniga aralashib qolgan Sh. A. Ya. Umugʻbeknitoʻtli Abdullatiftomonidan jazodan saklab qolinadi va Hirotga yuboriladi. Kamoliddin Abdulvoseʼ anNizomiyning «Makrmoti mavlaviy Jomiy» asarida keltirilishicha, Sharafuddin ali yazdiy AYA. Hirotga kelib, Jomiyning suhbatida bulgan. Shoxrux vafotidan soʻng (1447-y.) oʻz vatani Taftga qaytib keladi va xonaqohga joylashib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashaydi, Navoiy «Majolis unnafois» asarida yozishicha, 6 yoshida «Shohrux Sulton buzugʻligʻida» (yaʼni Shohrux vafotidan soʻng mamlakatda yuz bergan nizolar chogʻida) katta jamoat bilan Xurosondan Iroqqa ketayotganda, Taftda Sharafuddin Ali Yazdiy yashagan xonaqohsa boʻlib, uni koʻrgan. Navoiy ushbu asarida Sharafuddin Ali Yazdiyning bilimdonligiga yuqori baxr berib: «Mavlononing sohib kamolligʻi olam axli qoshida musallamdur», deb yozgan. Shundan keyingi yillarda, yaʼni 1452-y. tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy ham Taftda Sharafuddin Ali Yazdiy bilan uchrashib suhbatlashgan. Moʻgʻuliston xoni Yunusxon yoshligida Shoxrux topshirigʻiga koʻra, uzoq yillar Sherozda Sharafuddin Ali Yazdiy tarbiyasida boʻlgan va sulton Abu Sayd uni olib kelib, Moʻgʻulistotg. xon etib tayinlagan.
Ensiklopediya.uz
SHARAFUDDIN ALI YAZDIY