SHAMSIDDIN MAHBUBIY haqida to’liq ma’lumot oling
SHAMSIDDIN MAHBUBIY, Shamsiddin Ahmad ibn Jamoliddin Mahbubiy Buxoriy (12-a. ning 2-yarmi — Buxoro — 1238) — shayx va mashhur faqih. Unvoni: Sadr ashShariʼa alakbar (alavval). Yirik faqih Jamoliddin Ubaydullo ibn Ibrohim Ahmad (1151 — 1233) xonadonida tugʻilgan. Shamsiddin Mahbubiy Madrasa tahsilini olgan, fiqhga oid koʻplab asarlar yozgan. Moʻgʻumar istilosidan keyin Buxoro xalqining bosqinchilarga qarshi kurashida gʻoyaviy rahnamolik qilgan. Uning taklifi bilan moʻgʻullarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga Mahmud Torobiy boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolonchilar Buxoro sh. ni egallagach, bosh sadr Burhoniddin (q. Burhonlar, Sadri jahon) Sh. M. ni shahar sadri qilib tayinlashga majbur boʻlgan. 1238-y. da Buxoro atrofida moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda Mahmud Torobiy bilan birgalikda Shamsiddin Mahbubiy ham halok boʻlgan. Buxoro sh. dagi Chashmai Ayyubning sharqiy tomonidagi Sherobod mozorida dafn etilgan.
Ad.: Gafurova R. L., Kitobi Mullazade, T., 1992; Yoʻldoshev N., Rajabov P., Mavlono Shamsuddin Mahbubiy alBuxoriy, Buxoro, 2001.
Malumotlar
SHAMSIDDIN MAHBUBIY