SHAMSIDDIN ELDEGIZ

SHAMSIDDIN ELDEGIZ

SHAMSIDDIN ELDEGIZOzarbayjon va Shim. Gʻarbiy Erondagi turkiy eldegiziylar sulolasi (1136 — 74) asoschisi. Shamsiddin Eldegiz qipchoqqullardan boʻlib, Saljuqiylar vaziri Sumayrimiyning xizmatkori edi. Keyinchalik Sulton Masʼud ibn Muhammad (1133—52) xizmatiga oʻtgan, 1136-y. Jan. Ozarbayjon va Arron noibi etib tayinlangan. Masʼud vafotidan soʻng Ozarbayjondagi mulklarning mustaqil hukmdori va Erondagi Saljuqiylar sultonligining regenti (vasiy)ga aylangan. Ozarbayjonning jan. va shim. qismini (Shirvon va Gruziya chegaralarigacha), Gʻarbiy Eronni oʻziga tobe etgan. 1166-y. Sh. E. Syunikni qoʻshib olgan.

Ensiklopediya.uz
SHAMSIDDIN ELDEGIZ