SHAMSHAROV
SHAMSHAROV Yoʻldosh (1907 Chust tumani Olmos qishlogʻi — 1987, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970). Fargʻona ped. intini tugatgan (1933). «Yosh leninchi» gaz. da masʼul kotib (1933—34), «Lenin uchquni» gaz. da muharrir (1934—37), «Kizil Uzbekistan» gaz. da masʼul kotib, boʻlim mudiri (1938—41; 1955 — 62), Oʻzbekiston KP MK matbuot sektori mudiri (1941— 44), Oʻzbekiston davlat nashriyoti direktori (1944—47), «Sharq yulduzi» (1963—64), «Guliston» (1964—69) jur. larida muharrir. «Paxtaqaynar» (1959), «Qahramonlik yoʻli» (1960), «Gʻurumsaroyliklar» (1962), «Oshiqlar» (1969), «Inson qalbi» (1969) ocherklar toʻplamlari, «Chiroq» (1971) romani, «Hayot taqozosi» (1974), «Navbahor qissasi» (1975), «Ishq oʻti» (1978) kitoblari muallifi. I. S. Turgenevning qator qissa va romanlarini, D. Defoning «Robinzon Kruzo» va b. mashhur yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Ensiklopediya.uz
SHAMSHAROV