Shamollashmi yoki allergiya? haqida malumot

Shamollashmi yoki allergiya? haqida malumot

Agar sizda yilning ayrim fasllarida, masalan bahorda yoki yozda shamollashga moyillik bo‘lsa, bu qo‘rqinchli emas, lekin sizda allergiya bo‘lib, buni ham odatiy hol deb qabul qilishingiz kerak emas.

shamollash yoki allergiya

Shuni aytish kerakki, xalq tilida “shamollash” deyiladigan holat, aslida O‘TYUV (ORVI) “o‘tkir tarqaladigan yuqumli virus” bo‘lib, bizni iqlim sharoitimizda mavsumiy faollashadigan viruslar tomonidan chaqiriladi. Bundan tashqari, “shamollash” boshqa etiologik omillardan ham bo‘lishi mumkin. Lekin allergiya — bu organizmni unga ta’sir o‘tkazayotgan trigger (allergen)larga qarshi gipersezgirligi natijasidir. Ko‘p hollarda shamollash va allergiya o‘xshash klinik kartinalarni namoyon qilishi, nafaqat tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan odamlarni hatto vrachlarni ham adashtiradi.

Xo‘sh, shamollash va allergiyani qanday farqlash mumkin? Qanday qilib ularni davolash mumkin?
​Allergiya bo‘lgan odam o‘zini qanday ehtiyot qilishi kerak? Quyidagi ma’lumotlar bu savollar javob berishi mumkin:

Belgilari Shamollash Allergiya
Yo‘tal Odatda Goh-goh
Umumiy ahvol, xastalanishi va bo‘g‘imlarda og‘riq Goh-goh Hech qachon
Charchoq va holsizlanish Goh-goh Goh-goh
Ko‘z achishishi Kam hollarda Tez-tez
Aks urish Tez-tez Tez-tez
Tomoq og‘rig‘i Tez-tez Goh-goh
Burun oqishi Tez-tez Tez-tez
Burun bekish Tez-tez Tez-tez
Bezgak Doim emas Hech qachon

Endi, agar siz o‘zingizda allergiya ekanligini bilgan bo‘lsangiz, avvalambor allergen bilan kontaktni chegaralang. Buning uchun:

  • Uyda va mashinada derazalarni berk tuting;
  • Quruq shamol esayotganda ko‘chaga chiqmang;
  • Oziq-ovqatga allergen qo‘shmang;
  • Agar ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa, trigerrni ko‘z orqali kirishini oldini olish uchun ko‘zoynak taqing, burunga esa maxsus maska taqing;
  • Ko‘chadan qaytgach kiyimni almashtiring, yuz-qo‘llaringizni yuving, dush qabul qiling va albatta boshingizni yuving;

Vrach retseptsiz qandaydir dori-darmonlarni qabul qilsa bo‘ladimi?

Agar sizni changga allergiya unchalik bezovta qilmasa vrachlar o‘z-o‘zingizni davolashga ruxsat berishadi. Eng oddiysi- kun davomida 1-2 marta tuzli eritma (yaxshisi aptekadan olingani) bilan burunni chayqashdir. Bunda burun shilliq qavatlaridagi chang yuviladi va ahvol yaxshilanadi. Yana ikkinchi avlod antigistamin preparatlarini qo‘llash mumkin (feksofenadin, loratadin, dezloratadin, setirizin, levotsetirizin). Birinchi avlod preparatlarini (difengidramin, klemastin, xloropiramin) jiddiy qo‘shimcha ta’siri bor. Ulardan uyquchi yoki dangasa bo‘lib qolish mumkin. Antigistamin prepartlarni, allergiya alomatlari paydo bo‘lishidan oldin qabul qilishni boshlash kerak. Ammo ular burun bekishiga judayam ta’sir qila olmaydi. Bundan tashqari antigistamin spreylar ham asqotishi mumkin (azelastin) yoki tomir toraytiruvchi (oksimetazolin). Lekin ularni 2-3 kundan ortiq qo‘llab bo‘lmaydi, aksincha sprey tumov chaqirishi mumkin. Eng yaxshi dorilar bu- glyukokortikoidlardir (flutikazon, mometazon). Biroq ularni vrach tayinlashi lozim. Lekin, ular unchalik xavfli emasligi bois (xavfli tushunchasiga qarshi) vrach retseptsiz ham qabul qilsa bo‘ladi. Ko‘z yoshlanishiga esa antigistamin tomchilar va to‘qima membranalarini mo‘’tadillashtiruvchi tomchilar (vrach yozib berishi kerak) yordam beradi. Ko‘z qizarganda esa antigistamin va tomir toraytiruvchi preparatlarni birgalikda qo‘llash kerak. Agar ko‘zda quruqlashish sezilsa sun’iy ko‘z yosh tomizish kerak.

Agar sizga hammasi yordam bermasachi?

Agar siz ahvolingizni mustaqil nazorat qila olmasangiz, albatta vrachga murojat eting. Vrach sizni ahvolingizga qarab to‘g‘ri keladigan retseptli dori-darmonlarni tanlaydi, balki boshqa tashhis ham qo‘yishi mumkin. Allergiya qo‘zg‘ash davri o‘tgandan so‘ng, maxsus allergen immunoterapiya o‘tkazish mumkin, bu sizni butunlay davolanib ketishingizga yordam beradi.

 Maqoladan faqatgina ma’lumot o‘rnida foydalishingiz mumkin!  

© Med-info.uz nashri

Kasalliklar
Shamollashmi yoki allergiya?