Shakira haqida
#Shakira Siz yuqorida koʻrib turgan inson dunyoning mashhur qoʻshiqchisi Shakira hisoblanadi. Uning boyligi eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda $300 million dollarni tashkil qilmoqda (https://www.wealthygenius.com/shakira-net-worth/). Shakira — xonanda hamda qoʻshiq yozuvchi 1977-yilning 2-fevralida Kolumbiyaning Barranquilla shahrida tugʻilgan. Shakiraning ota-onasi zargar boʻlishgan. Shakira oʻzining haqiqiy oilasida yolgʻiz farzand boʻlgan. — Isteʼdodli qoʻshiqchi oʻzining birinchi sheʼrini 4 yoshida yozadi va birinchi musiqiy albomini esa 13 yoshida chiqaradi. — Shakira dastlab sobiq Argentina Prezidentning oʻgʻli “Antonio de la Rua” bilan unashtirilgan. Ammo ularning munosabati yakun topgan. Shakira hozirda 44 yoshda. U oʻzidan 10 yoshga kichik boʻlgan mashhur futbolchi Jerar Pike bilan ishqiy munosabatda. Ular hali turmush qurishmagan. Ammo xonanda va futbolchi birgalikda ikki oʻgʻil farzandlarning ota-onasi hisoblanadi. 💬Shakira ijrosidagi eng sevimli qoʻshigʻingiz qaysi?Shakira haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Shakira haqida