SHAKARPALAK

SHAKARPALAK

SHAKARPALAK — oʻrtapishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik i. t. intida Fargʻona vodiysining mahalliy navidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan (bu navning P. N. Dudko tomonidan yaxshilangan Oq Sh. 554 va K. I. Pangalo va M. K. Goldgauzen tomonidan yaxshilangan Qizil Sh. xillari bor). Mevasi uzun tuxumsimon, oʻrtacha kattalikda, uz. 26—32 sm, ogʻirligi 2—4 kg. Sirti tekis, toʻri yirik katakli, oʻrtacha dagʻal. Rangi och yashil. Poʻsti qattiq, etining qalinligi 4—4,5 sm, oq, muloyim, karsillaydi, juda shirin, xushboʻy, tarkibida 8—14% qand, 10—17% quruq modda bor. Urugʻi unib chiqqanidan keyin hosili 75—90 kunda pishadi.

Ensiklopediya.uz
SHAKARPALAK