SHAJARAYI TAROKIMA

SHAJARAYI TAROKIMA

«SHAJARAYI TAROKIMA» («Turkmanlar shajarasi») — tarixiy asar, muallifi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan (1661). Asarda Odamato haqidagi diniy xarakterdagi afsonalar, oʻkuzturkmanlar haqidagi maʼlumotlar hamda real asosga ega bulgan voqealar bayon qilingan. Obida turkiy kabilalar, xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlari bilan qimmatlidir. Unda barcha turkiy qabilalarning afsonaviy hukmdori Oʻkuzxon va uning avlodlari tarixi, shuningdek, turkman urugʻlari — solur, taka, boyandur, tevagi, yovmut, Xizr eli, Ali eli, sariq, ersari, yozir va b. ning genezisi xususida qisqa maʼlumotlar berilgan.

Ensiklopediya.uz
SHAJARAYI TAROKIMA