Shahzoda — Sen tomon haqida to’liq ma’lumot oling

Shahzoda — Sen tomon haqida to’liq ma’lumot oling

Yolg`onlar yomg`irida qolib ketgan
Gullarga o`xshardik biz ikkimiz.
To`kilgan xazonlarga aylanib,
Hijronlarda yashardik biz ikkimiz.

Endi muzlagan bog`larni tark etar bo`ldim,
Qush bo`lib parvoz etadi sen tomon qalbim.

Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sog`inchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sog`inchlaring sezib, sen tomon uchar.

Biz hech qachon yetmagan,
Hatto orzu qilmagan joylarda endi sevgimiz.
Balki shundan zor bo`lib,
Ko`ngilga ozor bo`lib, o`tardi kunlarimiz.

Endi muzlagan bog`larni tark etar bo`ldim,
Qush bo`lib parvoz etadi sen tomon qalbim.

Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sog`inchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sog`inchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchadi.

Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sog`inchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchar…

Malumotlar
Shahzoda — Sen tomon