Shahzoda — Roziman haqida to’liq ma’lumot oling

Shahzoda — Roziman haqida to’liq ma’lumot oling

Buncha og`ir bu so`zlar yuragimga,
Chin sevgingni rad etdim sening.
So`zimdanmas, ko`zimdan sezmadingmi –
Sen deb urar yuragim mening.

Bu so`zlar ne og`ir kechar,
Ko`zlarimga boqsang, axir roziman.
Afsus, bu so`zlar sendan ayirar,
Ko`zlarimga boqsang, axir roziman,
Axir roziman.

Hayotimiz takrorlanmas bir kino –
Birgina rol, yagona imkon.
Lekin unday orqangga qaytmas hayot,
Kelajakka faqat sen ishon.

Bu so`zlar ne og`ir kechar,
Ko`zlarimga boqsang, axir roziman.
Afsus, bu so`zlar sendan ayirar,
Ko`zlarimga boqsang, axir roziman,
Axir roziman. (x1+x1)

Malumotlar
Shahzoda — Roziman