Shahzoda — Oyijon-adajon haqida to’liq ma’lumot oling

Shahzoda — Oyijon-adajon haqida to’liq ma’lumot oling

Men uni uchratdim,
Xayolim parishon.
Yo’q kechalar uyqu,
Hayajonim osmon.

Qanday qilib aytay,
Sizlarga oyijon?
Halovat yo’qoldi,
U men kutgan inson.

Aziz oyijon,
Baxtimga bo’ling omon,
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Sizdir oyijon,
Dunyoda eng mehribon.
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Ishonmas edim hech
Dugonalar aytsa,
Ishonar ekansan
O’z boshingdan o’tsa.

Men baxtimni topdim,
Rozilik bersangiz.
Mening baxtim uchun
Duoda bo’lsangiz.

Aziz oyijon,
Baxtimga bo’ling omon,
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Sizdir oyijon,
Dunyoda eng mehribon.
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Aziz oyijon,
Baxtimga bo’ling omon,
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.
Sizdir oyijon,
Dunyoda eng mehribon.
Sevib qoldim adajon-jon-jon… (x2)

Sevib qoldim adajon…

Malumotlar
Shahzoda — Oyijon-adajon