Shahzoda — Men o’sha haqida to’liq ma’lumot oling

Shahzoda — Men o’sha haqida to’liq ma’lumot oling

Armonda yolg`izman endi, qara,
O`ylanib yasharman kunlar sanab,
Yolg`izim, yagonam sen, derding,
Qalbimda qoldirding bitmas yara.

Ko`zlarim izlaydi seni hamon,
“Qayta ko`rarmanmi?”, deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.

Axir men o`sha – baxtim izlagan,
Men o`sha – topib ayrilgan,
Men o`sha – taqdirga tan bergan men.

Axir men o`sha – seni sog`ingan,
Men o`sha – qalbi bo`lingan,
Men o`sha – sevib yo`qotgan men,
Baxt izlagan men.

Sevgimiz manzillarida yolg`iz,
Umidvor kutarman seni, esiz.
O`zimdan kechib, bir seni sevib,
Suyanganimda qoldimmi sensiz?

Ko`zlarim izlaydi seni hamon,
“Qayta ko`rarmanmi?”, deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.

Axir men o`sha – baxtim izlagan,
Men o`sha – topib ayrilgan,
Men o`sha – taqdirga tan bergan men.

Axir men o`sha… Men o`sha…
Men o`sha… Baxt izlagan men…

Axir men o`sha – baxtim izlagan,
Men o`sha – topib ayrilgan,
Men o`sha – taqdirga tan bergan men.

Axir men o`sha – seni sog`ingan,
Men o`sha – qalbi bo`lingan,
Men o`sha – sevib yo`qotgan men,
Baxt izlagan men.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Malumotlar
Shahzoda — Men o’sha