Shahzod Murodov — O’shasan haqida to’liq ma’lumot oling
Yor hamon, begumon go’zal o’sha-o’shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo’shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o’sha-o’shasan.
Ko’rinding olisda, oppoq libosda,
O’tgan shirin kunlarni qildim xotira.
Alvido deganding mayin ovozda,
Sevgimiz boshlanmay qilding xotima.
Yor hamon, begumon go’zal o’sha-o’shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo’shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o’sha-o’shasan.
Sog’inchlar shahrida, armonlar bag’rida,
Qancha yil visoling qilgandim orzu.
Endi yonginangda, to’rt qadam narida
Turibman so’z uchun topmayin mavzu.
Yor hamon, begumon go’zal o’sha-o’shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo’shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o’sha-o’shasan.
Shunday latofating, shunday nazokating,
Shunday nigohingla aqlim olgansan.
Kechir mani jonim, dildagi armonim,
Netay qalbimdasan, mangu qolgansan.
Yor hamon, begumon go’zal o’sha-o’shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo’shasan.
Armonlar girdobi, ayriliqning oftobi,
Rangimda ishq azobisan, o’sha-o’shasan.
Yor hamon, begumon go’zal o’sha-o’shasan,
Bitmagan bu dardimga dardni qo’shasan…
Malumotlar
Shahzod Murodov — O’shasan