Shahzod guruhi — Onajon haqida to’liq ma’lumot oling

Shahzod guruhi — Onajon haqida to’liq ma’lumot oling

Onajon, bugun yuzingga yo’l solmish ajin,
Umringni bag’ishlagansan faqat men uchun.
Og’risam, hatto qorong’u tunlar,
Uxlamay bo’lding menga parvona.
O’tsa ham bolaligim, bedorsan yana.

Onajon, sen borsan yorug’ jahon,
Sen uchun ochilgay bog’laru bo’ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon.

Onajon, bugun yuzingga yo’l solmish ajin,
Umringni bag’ishlagansan faqat men uchun.
Og’risam, hatto qorong’u tunlar,
Uxlamay bo’lding menga parvona.
O’tsa ham bolaligim, bedorsan yana.

Onajon, sen borsan yorug’ jahon,
Sen uchun ochilgay bog’laru bo’ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon.

Mehringni joylar dilimga aytgan har so’zing,
Har ishda madad bo’lgaysan, davlatim o’zing.
Gar ketsam uzoq safarlarga men,
Ochasan qo’lingni duolarga,
Qaytsam, sevinchdan to’lib, ko’zing yoshlarga.

Onajon, sen borsan yorug’ jahon,
Sen uchun ochilgay bog’laru bo’ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon.

Gar ketsam uzoq safarlarga men,
Ochasan qo’lingni duolarga,
Qaytsam, sevinchdan to’lib, ko’zing yoshlarga.

Onajon, sen borsan yorug’ jahon,
Sen uchun ochilgay bog’laru bo’ston.
Onajon, bosgan izlaring jannat,
Dardingni olsam deyman, onajon. (x2)

Dardingni olsam deyman, onajon…

Malumotlar
Shahzod guruhi — Onajon