Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?

Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?

Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, erkaklarning 93%i, ayollarining esa 86%i hayoti davomida bir marta boʻlsa ham shahvoniy (erotik) uyqu koʻrar ekan. Kimlardir juda koʻp va tez tez koʻrsa kimlardir haftada, oyda hattoki yilda bir marta koʻrishi mumkin ekan. Buning sababi nimada hech oʻzingiz oʻylab koʻrganmisiz? Uxlash holatiga qay darajada bogʻliq?

Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?
Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?

Bu mavzu yuzasidan juda koʻp turli tuman tekshiruvlar, soʻrovnoma anketalar oʻtqazilgan boʻlib natijalari haqiqatdan ham juda qiziq. Oxirgi Gong Kongdagi universitetda oʻtqazilgan universitet talabalari orasidagi natijalar quyidagicha, 670 talaba ishtirok etgan, bularning 66% ayol (female) 34% erkak (male) boʻlgan. Ulardan qanday oraliqlar bilan jinsiy komponentli tushlar koʻrishlari va bu paytdagi uxlash holatlari haqida soʻralgan.

Soʻrovnoma natijasi esa juda ham qiziq. Qatnashganlarning 72% asosan yonbosh yotishliklarini, 23%i yuqoriga qarab yotishlarini,5%i esa yerga qarab yotishliklarini belgilaganlar. Yanada qiziq bir holat esa yerga qarab yotganlarning boshqalarga nisbatan koʻproq jinsiy tarkibli tushlarni koʻrishlarida edi.

Olimlarga koʻra buning bir necha sababi mavjudligini keltirib oʻtishdi. Sabablaridan biri uyqu paytida koʻkrak qafasida hosil boʻladigan yuqori bosim, nafas olish va chiqarishni qiyinlashuvi hissidan, miyaga jinsiy maylni qitiqlovchi signallar yuzaga kelishi mumkinligi koʻrsatilmoqda.

Boshqa bir tekshiruvda esa chap yonbosh bilan yotganlarning tez-tez qoʻrqinchli tushlar koʻrishligi va ertalabni kayfiyatsiz boshlashlari tasdiqlangan, shu oʻrinda xalqimizning ertalabdan kayfiyati yoʻqlarga chap yoning bilan turdingmi deyishi bejiz emasligi ham tasdiqlangan boʻldi. Aksincha oʻng yonbosh yotadiganlarda esa bosinqirashlar boʻlmasligi va ertalabga tetik va yaxshi kayfiyatda kunni boshlashlari ham keltirib oʻtilgan.

Undan tashqari, yashash muhitimiz, boʻydoqlik holati, vaqtincha boʻydoqlik holati (uylangan, lekin oiladan maʼlum muddatga uzoqda), safarda boʻlish, ishda charchash, sovuq qotish, yumshoq joyda yotishlar ham bu tur tushlarni koʻp koʻrishlikka sabab boʻlishi mumkin ekan.

ЎҚИНГ:   Moyaklar holatini mustaqil baholash

Zarifjon Murodov, urolog-androlog.
Andrology.uz


SAVOL: Ertalab uyqudan turganimda jinsiy aʼzoyim qoʻzgʻalgan xolda boʻladi. Lekin ich kiyimimga ozgina suyuqlik chiqqan boʻladi. Uylanganman. Bu normal holatmi?

JAVOB: Ertalab uygʻonganda olat qoʻzgʻalgan xolda boʻlishi lozim narsa. Yaʼni bu erkakning sogʻlomligi koʻrsatkichi. Shahvoniy tush koʻrgandirsiz va shu sababli ich kiyimiga suyuqlik kelib qolayotgandir. Agar shahvoniy tush koʻrmagan boʻlsangiz ham ich kiyimi hoʻllanib qolayotgan boʻlsa yoki tushni eslay olmasligingiz mumkin. Yana begona ayol bilan aloqa qilib “bonus” orttirib olgan boʻlishingiz ham mumkin.

Holatingiz aytishingiz boʻyicha boʻlsa, maʼlumot yetarli boʻlmasa-da, norma boʻlishidan koʻra normal emasligi katta ehtimol. Chunki uylangansiz. Prostatit kasalligi borligi katta ehtimol. Shu sababli androlog mutaxassis koʻrigiga boring.


SAVOL: Yoshim 22da. Deyarli xar kuni uyqudan uygʻonganimda ereksiya kuzataman. Rangsiz va hidsiz suyuqlik ajralgan boʻladi. Gohida esa faqat suyuqlik oʻzini koʻraman. Oʻng moyagimda gohida tortishganga oʻxshagan sanchibroq ogʻriq berib turadi. Bu ogʻriq baʼzida kindik sohasiga uzatiladi. Paypaslab koʻrganda chap moyakdan koʻra kattaroq va sirtida biroz gʻadir-budurlik bilinadi. Onanizm bilan 16-17 yoshimdan shugʻullanaman. Hozir bir oyda 1-2-martagacha kamaytirdim. Spermaga qaraganimda oxirgi tomchisi sargʻish jigarrang tusda boʻladi.

Har kuni ertalab dush qilishga toʻgʻri kelmoqda. Mendagi ogʻriq doimiy emas. Asosan onanizmdan soʻng. Bular qandaydir kasallik belgisimi? Nima maslahat berasiz?

JAVOB: Sizdagi holat dimlanishli prostatit yoki prostatoz belgilariga oʻxshaydi. Balogʻat davri va oila qurmaganlarda shahvat kuchliligi sababli doim qon dimlanishi hisobiga va kuchli shahvat qoʻzgʻalishi natijasida moyak va moyak ortigʻida simillab turadigan biroz ogʻriq boʻlib turadi. Bu ogʻriq baʼzan kindik tomonga uzatiladi. Sizdagi belgilar aynan moyak va uning ortigʻi dimlanganligi yoki dimlanishli yalligʻlanishi belgisi boʻlishi mumkin.

Onanizm tufayli ogʻriq boʻlishi aksari hollarda siydik va tanosil aʼzolarida yalligʻlanish borligi belgisi. Balki urugʻ pufagi yalligʻlangandir. Spermani rangini adashib jigarrang deb oʻylagandirsiz. Haqiqatda ham jigarrangga oʻxshash boʻlsa, bu aksari holda spermada yiring borligi belgisi.

ЎҚИНГ:   Jinsiy zaiflikka olib boruvchi sabablar

Ertalab ereksiya bilan uygʻonish bu sogʻlik belgisi. Ich kiyimga suyuqlik kelib qolishi shahvoniy qoʻzgʻalish va balki shahvoniy tush koʻrish sabablidir. Shahvoniy tush yoki shahvat qoʻzgʻalishi sababli lubrikant moy siydik yoʻliga chiqadi va sekin oqib chiqib ich kiyimida dogʻ hosil qiladi. Bu holat tabiiy. Agar bu suyuqlik bir-ikki tomchidan ortib ketsa va suyulib ketsa, shamollash belgisi hisoblanadi.

Tavsiyamiz, onanizmni tashlash kerak. Sport bilan shugʻullanish va jismoniy mehnat qilish lozim. Qolgani shunda oʻz-oʻzidan yaxshi boʻlib ketadi.


SAVOL: Uylanmaganman, 24 yoshdaman. Kechasi uyquda boʻshanib ketishim meni koʻp bezovta qiladi. Bu holat 2 yildan beri baʼzan tabiiy, baʼzan bir shahvoniy tush koʻrib, baʼzan shunchaki oʻz-oʻzidan roʻy beradi. Uyquda urugʻ kelishi har hafta yoki 10-15 kunda bir boʻladi. Bu holat menga yoqmaydi. Buning sabab nima? Bu holatni toʻxtatsa boʻladimi? Qanday doktorga borishim kerak?

JAVOB: Sizdagi holatni ehtilom, yaʼni tibbiyotda pollyutsiya deb ataladi. Uylanmagan yigitlarda ehtilom boʻlishi normal holat hisoblanadi. Bir-bir ehtilom boʻlishi orqali tizim yangilanib oladi. Bu normal holat va organizm oʻzini-oʻzi nazorat qiladi. Bu foydali, lekin bu degani onanizm qilib turish degani emas aslo! Ehtilom boʻlganda odamning koʻngliga yoqmasligi tabiiy holat. Oila qurib oilaviy hayot boshlanganida bu oʻz-oʻzidan qolib ketadi.

Aslida sizda balki, ehtilom avvalroq ham boʻlgandir. Agar sizda ehtilom endi boshlangan boʻlsa, bezovtalik ehtilom boʻlayotganligingizdan emas, aynan ehtilomni kech boshlanganidan boʻlishi kerak. Agar ehtilom kech boshlangan boʻlsa, bu jinsiy rivojlanishda orqada qolish belgisi boʻladi.

Tavsiyamiz, aynan ehtilom yuzasidan bezovtalikka hojat yoʻq. Bu holatni toʻxtatishga ehtiyoj yoʻq va aslida toʻxtatib boʻlmaydi. Normal holat boʻlganligi uchun hech qanday doktorga borishga ham hojat yoʻq.

Lekin sizda ehtilom kech boshlanganligi bor boʻlsa, unda albatta androlog doktorga borib tekshiriling va tegishli maslahat oling.

ЎҚИНГ:   Surunkali prostatitdan qanday qutilish mumkin?

Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog, seksopatolog

Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?