Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi
Смотрите видео на портале epicube.su совершенно бесплатно и без регистрации. Наша видеотека каждый день обновляется лучшими роликами со всего мира!
Туш табири – Тушда Кийим куриш
Если вам понравилось бесплатно смотреть видео туш табири – тушда кийим куриш онлайн которое загрузил Tush Tabirlari 02 февраля 2021 длительностью 00 ч 01 мин 19 сек в хорошем качестве, то расскажите об этом видео своим друзьям, ведь его посмотрели 192 раза.
Сейчас смотрят
00:01:19 Tush Tabirlari
2 года назад 192 просмотров
Туш табири – Тушда Кийим куриш
00:00:32 Phát Blueツ
1 год назад 243 просмотров
25 tháng 9, 2021
00:00:46 Karasenok
1 год назад 64 просмотров
Когда у тебя есть младший брат
00:04:46 Lyrica De Musica
2 недели назад 1 723 просмотров
SunKissed Lola – Pasilyo (Lyrics)
Смотрите далее
Популярные видео
Вскрыли на КАВКАЗЕ ЗАБРОШЕННЫЙ КОНТЕЙНЕР А ТАМ ….
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ #countryballs
Майнкрафт но Я Стал ПОМОЩНИКОМ ЧЕБУРАШКОЙ!
Ленинград — Русский
Как вам мой Буратино?
Самат. Асбаров. Дубай. Никулин VS Харун. Хадис VS Штырков. ВАГАБ ЗАРУБИЛСЯ. Лендруш VS Тольятти
Большое шоу #3
Открывают подарок eat my *я в шоке*
АНЯ потратила ВСЕ МОИ ДЕНЬГИ х Димас Блог
КТО ПРИГОНИТ БОЛЬШЕ ТАЧЕК – ПОЛУЧИТ КВАРТИРУ
ОБНОВЛЕНИЯ СОСЕДА! Новый ЧЕРДАК ПРИВЕТ СОСЕД в Dark Riddle ПОХОЖАЯ Игра на Hello Neighbor
НУ-КА, ВСЕ ВМЕСТЕ! БИТВА СЕЗОНОВ. ВЫПУСК 3
ПРИТВОРИЛСЯ ДЕДОМ и ПРОВЕРИЛ МУСУЛЬМАН НА ЧЕЛОВЕЧНОСТЬ
ГРОМКИЙ ВОПРОС c Валерием Равдиным
ОГРОМНЫЙ МЕЧ ИЗ ОДНОРАЗОК
Смотрите видео на портале epicube.su совершенно бесплатно и без регистрации. Наша видеотека каждый день обновляется лучшими роликами со всего мира!
admin@epicube.su Наша почта для ваших пожеланий и связи с нами.
Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?
Olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, erkaklarning 93%i, ayollarining esa 86%i hayoti davomida bir marta boʻlsa ham shahvoniy (erotik) uyqu koʻrar ekan. Kimlardir juda koʻp va tez tez koʻrsa kimlardir haftada, oyda hattoki yilda bir marta koʻrishi mumkin ekan. Buning sababi nimada hech oʻzingiz oʻylab koʻrganmisiz? Uxlash holatiga qay darajada bogʻliq?
Bu mavzu yuzasidan juda koʻp turli tuman tekshiruvlar, soʻrovnoma anketalar oʻtqazilgan boʻlib natijalari haqiqatdan ham juda qiziq. Oxirgi Gong Kongdagi universitetda oʻtqazilgan universitet talabalari orasidagi natijalar quyidagicha, 670 talaba ishtirok etgan, bularning 66% ayol (female) 34% erkak (male) boʻlgan. Ulardan qanday oraliqlar bilan jinsiy komponentli tushlar koʻrishlari va bu paytdagi uxlash holatlari haqida soʻralgan.
Soʻrovnoma natijasi esa juda ham qiziq. Qatnashganlarning 72% asosan yonbosh yotishliklarini, 23%i yuqoriga qarab yotishlarini,5%i esa yerga qarab yotishliklarini belgilaganlar. Yanada qiziq bir holat esa yerga qarab yotganlarning boshqalarga nisbatan koʻproq jinsiy tarkibli tushlarni koʻrishlarida edi.
Olimlarga koʻra buning bir necha sababi mavjudligini keltirib oʻtishdi. Sabablaridan biri uyqu paytida koʻkrak qafasida hosil boʻladigan yuqori bosim, nafas olish va chiqarishni qiyinlashuvi hissidan, miyaga jinsiy maylni qitiqlovchi signallar yuzaga kelishi mumkinligi koʻrsatilmoqda.
Boshqa bir tekshiruvda esa chap yonbosh bilan yotganlarning tez-tez qoʻrqinchli tushlar koʻrishligi va ertalabni kayfiyatsiz boshlashlari tasdiqlangan, shu oʻrinda xalqimizning ertalabdan kayfiyati yoʻqlarga chap yoning bilan turdingmi deyishi bejiz emasligi ham tasdiqlangan boʻldi. Aksincha oʻng yonbosh yotadiganlarda esa bosinqirashlar boʻlmasligi va ertalabga tetik va yaxshi kayfiyatda kunni boshlashlari ham keltirib oʻtilgan.
Undan tashqari, yashash muhitimiz, boʻydoqlik holati, vaqtincha boʻydoqlik holati (uylangan, lekin oiladan maʼlum muddatga uzoqda), safarda boʻlish, ishda charchash, sovuq qotish, yumshoq joyda yotishlar ham bu tur tushlarni koʻp koʻrishlikka sabab boʻlishi mumkin ekan.
SAVOL: Ertalab uyqudan turganimda jinsiy aʼzoyim qoʻzgʻalgan xolda boʻladi. Lekin ich kiyimimga ozgina suyuqlik chiqqan boʻladi. Uylanganman. Bu normal holatmi?
JAVOB: Ertalab uygʻonganda olat qoʻzgʻalgan xolda boʻlishi lozim narsa. Yaʼni bu erkakning sogʻlomligi koʻrsatkichi. Shahvoniy tush koʻrgandirsiz va shu sababli ich kiyimiga suyuqlik kelib qolayotgandir. Agar shahvoniy tush koʻrmagan boʻlsangiz ham ich kiyimi hoʻllanib qolayotgan boʻlsa yoki tushni eslay olmasligingiz mumkin. Yana begona ayol bilan aloqa qilib “bonus” orttirib olgan boʻlishingiz ham mumkin.
Holatingiz aytishingiz boʻyicha boʻlsa, maʼlumot yetarli boʻlmasa-da, norma boʻlishidan koʻra normal emasligi katta ehtimol. Chunki uylangansiz. Prostatit kasalligi borligi katta ehtimol. Shu sababli androlog mutaxassis koʻrigiga boring.
SAVOL: Yoshim 22da. Deyarli xar kuni uyqudan uygʻonganimda ereksiya kuzataman. Rangsiz va hidsiz suyuqlik ajralgan boʻladi. Gohida esa faqat suyuqlik oʻzini koʻraman. Oʻng moyagimda gohida tortishganga oʻxshagan sanchibroq ogʻriq berib turadi. Bu ogʻriq baʼzida kindik sohasiga uzatiladi. Paypaslab koʻrganda chap moyakdan koʻra kattaroq va sirtida biroz gʻadir-budurlik bilinadi. Onanizm bilan 16-17 yoshimdan shugʻullanaman. Hozir bir oyda 1-2-martagacha kamaytirdim. Spermaga qaraganimda oxirgi tomchisi sargʻish jigarrang tusda boʻladi.
Har kuni ertalab dush qilishga toʻgʻri kelmoqda. Mendagi ogʻriq doimiy emas. Asosan onanizmdan soʻng. Bular qandaydir kasallik belgisimi? Nima maslahat berasiz?
JAVOB: Sizdagi holat dimlanishli prostatit yoki prostatoz belgilariga oʻxshaydi. Balogʻat davri va oila qurmaganlarda shahvat kuchliligi sababli doim qon dimlanishi hisobiga va kuchli shahvat qoʻzgʻalishi natijasida moyak va moyak ortigʻida simillab turadigan biroz ogʻriq boʻlib turadi. Bu ogʻriq baʼzan kindik tomonga uzatiladi. Sizdagi belgilar aynan moyak va uning ortigʻi dimlanganligi yoki dimlanishli yalligʻlanishi belgisi boʻlishi mumkin.
Onanizm tufayli ogʻriq boʻlishi aksari hollarda siydik va tanosil aʼzolarida yalligʻlanish borligi belgisi. Balki urugʻ pufagi yalligʻlangandir. Spermani rangini adashib jigarrang deb oʻylagandirsiz. Haqiqatda ham jigarrangga oʻxshash boʻlsa, bu aksari holda spermada yiring borligi belgisi.
Ertalab ereksiya bilan uygʻonish bu sogʻlik belgisi. Ich kiyimga suyuqlik kelib qolishi shahvoniy qoʻzgʻalish va balki shahvoniy tush koʻrish sabablidir. Shahvoniy tush yoki shahvat qoʻzgʻalishi sababli lubrikant moy siydik yoʻliga chiqadi va sekin oqib chiqib ich kiyimida dogʻ hosil qiladi. Bu holat tabiiy. Agar bu suyuqlik bir-ikki tomchidan ortib ketsa va suyulib ketsa, shamollash belgisi hisoblanadi.
Tavsiyamiz, onanizmni tashlash kerak. Sport bilan shugʻullanish va jismoniy mehnat qilish lozim. Qolgani shunda oʻz-oʻzidan yaxshi boʻlib ketadi.
SAVOL: Uylanmaganman, 24 yoshdaman. Kechasi uyquda boʻshanib ketishim meni koʻp bezovta qiladi. Bu holat 2 yildan beri baʼzan tabiiy, baʼzan bir shahvoniy tush koʻrib, baʼzan shunchaki oʻz-oʻzidan roʻy beradi. Uyquda urugʻ kelishi har hafta yoki 10-15 kunda bir boʻladi. Bu holat menga yoqmaydi. Buning sabab nima? Bu holatni toʻxtatsa boʻladimi? Qanday doktorga borishim kerak?
JAVOB: Sizdagi holatni ehtilom, yaʼni tibbiyotda pollyutsiya deb ataladi. Uylanmagan yigitlarda ehtilom boʻlishi normal holat hisoblanadi. Bir-bir ehtilom boʻlishi orqali tizim yangilanib oladi. Bu normal holat va organizm oʻzini-oʻzi nazorat qiladi. Bu foydali, lekin bu degani onanizm qilib turish degani emas aslo! Ehtilom boʻlganda odamning koʻngliga yoqmasligi tabiiy holat. Oila qurib oilaviy hayot boshlanganida bu oʻz-oʻzidan qolib ketadi.
Aslida sizda balki, ehtilom avvalroq ham boʻlgandir. Agar sizda ehtilom endi boshlangan boʻlsa, bezovtalik ehtilom boʻlayotganligingizdan emas, aynan ehtilomni kech boshlanganidan boʻlishi kerak. Agar ehtilom kech boshlangan boʻlsa, bu jinsiy rivojlanishda orqada qolish belgisi boʻladi.
Tavsiyamiz, aynan ehtilom yuzasidan bezovtalikka hojat yoʻq. Bu holatni toʻxtatishga ehtiyoj yoʻq va aslida toʻxtatib boʻlmaydi. Normal holat boʻlganligi uchun hech qanday doktorga borishga ham hojat yoʻq.
Lekin sizda ehtilom kech boshlanganligi bor boʻlsa, unda albatta androlog doktorga borib tekshiriling va tegishli maslahat oling.
Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog, seksopatolog.
t.me/mening_urologim
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida “Fikr bildirish” qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.
Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
ABORT: Agar ayol tushida homilador bo‘lib, abortga rozilik bildirsa, buni yaqinlashib kelayotgan ko‘ngilsizlikdan ogohlantirish deb bilsin. Agar vrach tushida homilador ayolni abort qilsa, mas’uliyatli kasbiga mas’uliyat bilan yondashishi uchun ogohlantirish deb bilsin.
O‘RIK: Tushda o‘rikli bog‘da sayr qilish yashirin va arzimas tashvishdan darak demakdir. Tushda o‘rik yeyish mayda ko‘ngilsizliklar yaqinlashib kelayotganidan darak. Boshqalar o‘rik yeyayotganini ko‘rsangiz, qaysidir ishga qo‘l urib ijobiy natijaga erisha olmasligingizni anglatadi.
AVTOMOBIL: Tushda avtomobil ko‘rish hayotingiz va ishingizda omad kulib boqishidan darak. Avtohalokatga uchrasangiz, sizni real hayotda jiddiy ko‘ngilsizlik kutayotgan bo‘ladi. Avtohalokatdan muvaffaqiyatli tarzda qochib qola bilsangiz, bu yaxshilikka. Hasadgo‘ylar hasadidan himoyalangan bo‘lib chiqasiz.
Tushda mashina sotib olish ham yaxshilik belgisi. Ammo buzuq mashina sotib olsangiz, omadsizlikka yuz tutasiz. Tushda ko‘pgina avtomobillarni ko‘rsangiz, safarga chiqasiz. Avtomobilingizni kimdir o‘g‘irlab qochsa, yaqin kelajakda muvaffaqiyatlar sizdan yuz o‘giradi. Avtomobildan tushib kelish muhim rejalaringiz haqiqatga aylanishini anglatadi.
AKULA: Tushda akula ko‘rish sizni qo‘rqinchli va xavfli dushman paydo bo‘lganidan ogoh etadi. Agar akula sizga hujum qilsa, yaqin orada qaysidir jabhada omadsizlikka yuz tutasiz. Toza, zilol suvda suzayotgan akulani ko‘rsangiz, qaysidir hasadgo‘y sizni bir tutamgina baxtdan ham mahrum etish niyatida ekanidan darak bo‘ladi.
ANANAS: Tushda ananas ko‘rish baxt va omad belgisi. Yaqin vaqt ichida siz muvaffaqiyatli lahzalarni boshdan kechirishingiz belgisi. Tushda ananas yeyish ham omadni bildiradi.
ANGINA: Tushingizda anginaga yo‘liqsangiz, ishda muvaffaqiyatsizlikka erishasiz. Boshqalar anginaga uchrasa, qalbingizda xavotirlar soni ortadi.
ARAVA: Tushda arava ko‘rish kimdir sizni hayotda qo‘llab-quvvatlashi mumkinligidan belgidir. Aravada sayohatga chiqsangiz, obro‘yingiz va daromadingiz ortadi.
KAPALAK: Tushda kapalak yam-yashil o‘t ustiga qo‘nib turganini ko‘rsangiz, hayotingiz gullab-yashnaydi deyavering. Ko‘p kapalaklarni ko‘rish yoqimli xabar olishdan darak. Qizlarga yaqinda baxtini topishining belgisi. Oppoq kapalakni ko‘rish yangi xastalikka uchrashdan darak beradi.
YuGURISh: Agar tushingizda ko‘pchilikning orasida yugurib ketayotgan bo‘lsangiz, quvnoq bir davraga tushib qolishingiz kutiladi. Bundan tashqari, shaxsiy hayotning qaysidir jabhasida omad kulib boqadi. Mabodo yugurayotib yiqilib tushsangiz, odamlar orasidagi hurmatingizga putur yetadi. Yolg‘iz yugursangiz, do‘stlar va tanishlarni pul topish masalasida quvib o‘tasiz, jamiyatdagi o‘rningiz mustahkamlanadi.
JARLIK: Tushda jarlikka tikilib qarash kim bilandir janjallashib qolishingiz, shaxsiy hayotda jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkinligini anglatadi. Ayol kishi tushida jarlikka qarab turgan bo‘lsa, o‘zi istamagan holda kimgadir mehr, oqibat ko‘rsatishi mumkin.
YaNGI KIYIM: Tushda yangi kiyim sotib olish hurmatingiz oshishidan dalolat beradi. Yangi, yorqin rangli kiyimda bo‘lsangiz, jamiyatda hurmatga erishasiz. Yirtiq kiyimda bo‘lsangiz, aksincha hurmatingiz yo‘qolishi va qandaydir ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz ehtimoli bor. Kimgadir yangi kiyim sovg‘a qilsangiz, bu ham hurmat topishingizning belgisi.
MURDA: Tushda murdani ko‘rsangiz, tirik, anchadan beri ko‘rmagan odam bilan uchrashasiz. Murda bilan quchoq ochib ko‘rishish yangi tanishlar orttirishdan dalolat hisoblanadi. Murdaga yegulik berish ko‘ngilsizlik olib keladi. Murda sizga yegulik bersa, rizqingiz butlashadi.
GULZOR: Tushda rang-barang gullardan iborat bog‘da sayr qilish yaxshi odamlar davrasida bo‘lishdan darak. Gullardan birini uzib olsangiz, hurmatingizga hurmat, baxtingizga baxt qo‘shilishi mumkin.
NON: Tushda nonni ko‘rish yangi rizq sizni qayerdadir kutib turganidan darak beradi. Non yeyish o‘sha rizqni qidirib topishingiz belgisi. Tandirda pishayotgan bo‘rsildoq nonlarni ko‘rsangiz, qo‘lingizga pul tushadi, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lasiz.
XASTALIK: Qizlar tushida kasalga chalinsa, turmushga chiqishidan darak. Qarindoshlardan birini xasta holda ko‘rsangiz, oilangizda katta yo kichik ko‘ngilsizlik yuz berishi mumkin.
Tushda quturish xastaligiga yo‘liqish hasadgo‘ylar nazariga tushishingizdan darak beradi. Sizni quturgan it tishlab olsa, real hayotda do‘stlardan biri sizni boplab chuv tushirishi mumkin. Badanga yara toshib ketgan bo‘lsa, kutilmagan ko‘ngilsizlik paydo bo‘lish ehtimoli bor.
ChO‘MILISh: Zilol suvda cho‘milish yaxshilikka erishishingiz belgisidir. Agar loyqa suvda cho‘milayotgan bo‘lsangiz, sizni ko‘ngilsizliklar kutib turadi. Cho‘milayotib zilol suv og‘zingizga kirib ketsa va suvni yutib yuborsangiz, qo‘rqmang, har sohada omadingiz keladi. Xasta bo‘lsangiz, tuzalish pallasiga kirasiz.
Qiziqarli malumotlar
Shahvoniy (erotik) tush koʻrish tabiiy holatmi?