Shahrisabz tumanida Qizil kitobga kiritilgan baliqni noqonuniy ovlaganlar ushlandi

Shahrisabz tumanida Qizil kitobga kiritilgan baliqni noqonuniy ovlaganlar ushlandi

Ma’lumot uchun, 2009-yilda chop etilgan Qizil kitobga baliqlarning 17 turi kiritilgan. Ular orasida Amudaryo gulbalig‘i ham bor.

Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan qashqadaryoliklar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzib, Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Qashqadaryo ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 20-aprel kuni Yakkabog‘ tumanining tog‘li hududlarida brаkonyerlarga qarshi kurashish maqsadida reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda boshqarma xodimlari “Qizildaryo”da baliq ovlayotgan ikki nafar shaxsni uchratgan.

Tumanning Suvlisoy qishlog‘ida yashovchi Nodir Ashurov va o‘zini tanishtirishni istamagan yana bir fuqaro baliq ovlash taqiqlangan paytda tartibni buzib, Qizil kitobga kiritilgan Amudaryo gulbalig‘ini ovlayotgani ma’lum bo‘lgan. Hamda ov quroli va 4 dona baliq ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda fuqarolar qilmishini prokuratura o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun, 2009-yilda chop etilgan Qizil kitobga baliqlarning 17 turi kiritilgan. Ular orasida Amudaryo gulbalig‘i ham bor.

  • Buxoroda jayronlarni ovlab tabiatga qariyb 67 million so‘m zarar yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • Suv havzalarida ov qilish va baliq ovlashga bir qator taqiqlar qo‘yildi

Shahrisabz tumanida Qizil kitobga kiritilgan baliqni noqonuniy ovlaganlar ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Shahrisabz ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi va Shahrisabz tumani IIB xodimlari jonbozligida tumanning «Hazora» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan shu nomdagi qishloqda yashovchi fuqaro J.B. tomonida Tanxoz daryosining Qoramur qishlog‘idan o‘tuvchi qismida 22 dona O‘zbekiston gulbalig‘ini noqonuniy ravishda ovlagani aniqlangan.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Ashyoviy dalil sifatida fuqaro J.B.dan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 22 dona gulbaliq (forel) va 2 dona qarmoq voqea joyida olingan va bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqarodan holat yuzasidan tushuntirish xati olingan.

Foto:O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Mazkur shaxs tegishli ruxsati bo‘lmay turib ovlanishi taqiqlangan noyob baliq turini ovlagani uchun javobgarlikka tortildi va tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi.

Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Shahrisabz ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi va Shahrisabz tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Hazora qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.B. tomonidan Tanxoz daryosining Qoramur qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 22 dona O‘zbekiston gulbalig‘i noqonuniy ravishda ovlangani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida fuqaro J.B.dan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 22 dona gulbaliq (forel) va 2 dona qarmoq voqea joyida olingan hamda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqarodan holat yuzasidan tushuntirish xati olingan. Tabiatga yetkazilgan zarar 73,5 million so‘mga baholangan.

Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Mazkur shaxs tegishli ruxsati bo‘lmay turib ovlanishi taqiqlangan noyob baliq turini ovlagani uchun javobgarlikka tortildi va tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Qiziqarli malumotlar
Shahrisabz tumanida Qizil kitobga kiritilgan baliqni noqonuniy ovlaganlar ushlandi