SHAHRISABZ TUMANI

SHAHRISABZ TUMANI

SHAHRISABZ TUMANIQashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shim. dan Kitob tumani, sharqdan Tojikiston, Surxondaryo viloyati, jan. dan Yakkabogʻ, Qamashi, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,70 ming km2. Aholisi 272,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrisabz): 1 shaharcha (Miroqi), 12 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Dukchi, Kunchiqar, Moʻminobod, Naʼmaton, Oqsuv, Toʻdamaydon, Xitoy, Shakarteri, Shamaton, Oʻzbekiston, Qutchi, Hisorak) bor. Markazi — Shahrisabz shahri Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryo viloyatining shim. sharqiy qismida, Hisor togʻlarining etaklarida joylashgan. Tumanning gʻarbi ochiq vohaQarshi choʻliga tutashib ketadigan tekislikdan iborat. Togʻlardan oqib tushadigan Oqsuv, Qashqadaryo, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Tamshush, Miroqi daryolari jarliklar hosil qilgan. Miroqi togʻ etaklaridan qora marmar qazib olinadi. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha tra 14,7°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0,8°, eng past tra —26°.

Ensiklopediya.uz
SHAHRISABZ TUMANI