SHAHRISABZ KONSERVA AKSIYADORLIK JAMIYATI

SHAHRISABZ KONSERVA AKSIYADORLIK JAMIYATI

«SHAHRISABZ KONSERVA» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziqovqat sanoati korxonasi. Shahrisabz shahrida joylashgan. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosan., q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan: tomat pastasi, meva va uzum sharbatlari, sabzavot konservalari ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi 1943-yilda boshlangan, 1947-yilda dastlabki konserva mahsulotlari ishlab chiqargan. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1996-yilda korxonada «Mevalar kamalagi» Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Korxonaning ishlab chiqarish tizimida pomidor sexi (sutkalik quvvati 1131,2 t pomidorni qayta ishlash; tomat pastasi), meva sexi (olma, behi, nok, shaftoli kompotlari), sharbat sexi (olma, uzum, rovoch sharbati), sabzavot sexi (bodring va pomidor konservalari) va boshqalar yordamchi sexlar mavjud. I. ch. sexlari 90-y. lardan boshlab Italiya, Vengriya, Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, korxonada yiliga 750 ming dona tunuka banka tayyorlaydigan sex bor. Tayyorlangan mahsulotlar, asosan, ichki bozorda sotiladi, chet ellarga — Rossiya, Ukraina, Belorussiya davlatlariga (tomat pastaning 30%) eksport qilinadi.

Ensiklopediya.uz
SHAHRISABZ KONSERVA AKSIYADORLIK JAMIYATI