Shahnoza Otaboyeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari to’liq malumot oling
Shahnoza Otaboyeva 1989-yil 21-avgust kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. U M.Ulug’bek tumanidagi 148-maktabni bitirdi. So’ng Xamza nomidagi musiqa kollejiga, so’ng O’zbekiston Davlat Konservatoriyasiga o’qishga kiradi. Shahnoza qo’shiq kuylashni bolalikdan juda ham sevardi. Xattoki 5-sinfda o’qib yurgan kezlari 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni Ozoda Nursaidovaning «Onajonim o’rnini hech kim bosolmas» qo’shig’ini juda zo’r ijro etadi. Shu sabab u maktab tadbirlari Shahnozasiz o’tmas edi. Uning ilk ijodi «Ota» qo’shig’i bo’ldi. Hamda ushbu qo’shiq uning xit taronasiga aylandi. Keyingi «Yurak», «O’zbekiston», «Rashk» qo’shiqlari ham xit taronalar o’rnidan joy egalladi. Hozirga qadar xonandaning 20dan ortiq qo’shiqlari, 10ga yaqin kliplari va «Yurak» deb nomlangan albomi muhlislarga taqdim etildi. Shahnoza Otaboyeva hozirgi kunda bastakorlardan Rustam Abdullayev, shoirlar Mirxojiddin Mirzo, Manzura Bekjonova, Botir Ergashev va Adham Shoirlar bilan ijod qiladi.
Mundarija
скрыть
Shahnoza Otaboyeva
Biografiya
instagram, oilasi, rasmlari, Shahnoza Otaboyeva haqida