Shahlo Rustamova — Armon bo’laman haqida to’liq ma’lumot oling

Shahlo Rustamova — Armon bo’laman haqida to’liq ma’lumot oling

Bir kun kelar, vafosizim,
Izlarimni izlaysiz,
Koyib mag`rur ko`nglingizni,
Baxtsiz ko`nglim sizlaysiz.

Sevgimizga zor bo`lasiz,
Yetolmasdan bo`zlaysiz, (x2)
O`shanda men siz yetolmas
Mag`rur osmon bo`laman. (x2)

Dardlarimni o`zim emas,
So`rang, tonglar biladi.
Yig`laganda yoshim artgan
Majnuntollar biladi.

Lekin siz ham bir aldanib,
Yuragingiz kulganda,
Dilingizda sevgimizning
Orzulari so`lganda,

O`shanda men siz yetolmas
Mag`rur osmon bo`laman. (x2)

Bir kun kelar, vafosizim,
Izlarimni izlaysiz
O`shanda men izim qolmas
Sizga armon bo`laman.

Malumotlar
Shahlo Rustamova — Armon bo’laman