SFERIK ASTRONOMIYA

SFERIK ASTRONOMIYA

SFERIK ASTRONOMIYAastrometriya boʻlimi; yoritqichlarning (yulduzlar, Quyosh, Oy, sayyoralar, sunʼiy osmon jismlari va b.) osmon sferasidagi koʻrinma vaziyati va harakatini anikdash bilan bogʻliq masalalarni matematik usulda yechish uslublarini ishlab chiqadi. Sferik astronomiyaning asosiy tushunchasi osmon sferasidir. Osmon sferasidagi yoritqichga boʻlgan har bir yoʻnalish sferada nukta bilan, tekislik esa doira bilan tasvirlanadi. Osmon sferasidagi nuqtalarning oʻzaro joylashishi va harakatini oʻrganish uchun koordinata sistemalari qoʻllanadi (q. Astrometrik koordinatalar). Bir koordinata sistemasidan ikkinchi koordinata sistemasiga utish sferik trigonometriya formulalari yordamida amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
SFERIK ASTRONOMIYA