SEYSMOLOGIYA INSTITUTI haqida to’liq ma’lumot oling
SEYSMOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Gʻ. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti — zilzilalar, ularning sodir boʻlish sabablari va oqibatlari, ularni oldindan bilish va b. seysmik masalalar bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. 1966-y. tashkil etilgan, 1990-y. unga Gʻ. O. Mavlonov nomi berilgan. Int olimlari zilzila darakchilarini oʻrganish asosida zilzila sodir boʻlishini oldindan bilish, seysmik hududlashtirish va mikrohududlashtirishning ilmiy asoslari va usullarini yaratish, texnogen seysmiklik, seysmik xabarni baholash borasida ilmiy va amaliy ishlar olib boradi. Int tarkibida 11 ta i. t. lab. (hududiy seysmiklik va seysmik hududlashtirish; seysmotektonika; geodinamika; hududiy muhandislik geologiyasi; gidrogeoseysmologiya; geofizik maydonlar oʻzgarishi; muhandislik seysmologiyasi; zilzila oʻchogʻi fizikasi, texnogen seysmiklik, matematik modullash va seysmik izlanishlarni avtomatlashtirish), kompleks ekspeditsiya, geografiya boʻlimi, ilmiy texnika maʼlumotlari va patentlitsenziya boʻlimlari, kutubxona (50 mingga yaqin asar), F. O. Mavlonov muzeyi (1990) bor. Shuningdek, in-t tarkibida «Toshkent» markaziy seysmik styasi (1901), Parkent magnitoionosfera rasadxonasi (1924), respublikaning barcha viloyatlarida joylashgan 22 ta seysmik, 10 ta kompleks prognoz va 32 ta turli kuzatuv st-yalari mavjud. Int olimlari tomonidan Oʻzbekiston xududi umumiy va mukammal seysmik hududlashtirish, koʻpgina shaharlar, yirik gidrotexnika inshootlari va qurilish maydonlarini hududlashtirishning xaritalari tuzildi, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi sabablari ilmiy jihatdan oʻrganiddi, zilziladan oldin yer osti suvlari tarkibidagi gaz va turli kimyoviy elementlar miqdori oʻzgarishi kashf etildi, yer osti suvlaridagi radon gazi miqdorini oʻlchaydigan asbob yaratildi va b. In-tda 370 xodim, jumladan, 2 Oʻzbekiston FA akad., 15 fan d-ri va 30 fan nomzodi ishlaydi. Int faoliyati F. O. Mavlonov, Q. N. Abdullabekov. A. N. Sultonxoʻjayev, V. I. Ulomov, M. X. Boqiyev, Seysmologiya Instituti, Maqsudov, R. N. Ibrohimov, Seysmologiya Instituti Qosimov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.
Malumotlar
SEYSMOLOGIYA INSTITUTI